Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshi shahar jamoat transportida elektron to‘lov tizimi joriy etilishi mumkin
2.06.2021 14:38,  
41

Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Narzulla Namozovning taklifiga ko‘ra “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” MChJ vakillari viloyatga bordi.

Ushbu kompaniya yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy qilgan bo‘lib, undan bugungi kunda Toshkent shahrida avtobus va metroda keng foydalanilmoqda.  

Viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra,  kelgusida Qarshi shahar jamoat transportida ham mazkur yangilikni qo‘llash ko‘zda tutilgan. Maqsad yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, to‘lovning maqbul usullarini taklif etishdir.  

E’tiborlisi, ayni paytda viloyat markazida 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgan, 4 ta tashuvchi korxona aholiga o‘z xizmatini ko‘rsatib kelmoqda.  

Boshqarma bo‘lim boshlig‘i Ozod Hayitov hamrohligida kompaniya vakillari tashuvchi korxonalar rahbarlari bilan uchrashib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан