Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshi shahrida 15 avgustgacha transport vositalarining harakatlanishi butkul to‘xtatildi
27.07.2020 10:15,  
1232

Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, viloyatda 2020 yil 27 iyul soat 00:01 dan boshlab 15 avgustgacha quyidagi qo‘shimcha cheklovlar joriy qilindi:

Qarshi shahriga barcha turdagi transport vositalarining kirishi va harakatlanishi (fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borish-kelish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish, tashish bilan shug‘ullanuvchilar, quruvchi tashkilotlar va tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli jihoz, xom-ashyo materiallarini tashishga mo‘ljallangan avtomashinalari bundan mustasno) cheklanadi. 

Ya’ni, ertalab 07.00 dan – 10.00 gacha va kech soat 17.00 dan – 20.00 gacha hamda boshqa vaqtlarda ham transportlar harakatlana olmaydi.

Qarshi, Shahrisabz shaharlari va tumanlar markazlarida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘nalishsiz taksi avtomashinalari soni 3 baravargacha qisqartiriladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 16 iyuldagi yig‘ilish bayoni talablariga qat’iy rioya qilgan holda viloyatdagi ro‘yxatga olingan vakolatli transport tashkilotlari (uyushmalar) tomonidan aniq davlat raqami ko‘rsatilib, ruxsat berilgan yo‘nalishsiz taksi avtomashinalarigina harakatlanadi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi va transport boshqarmasi Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi yo‘lovchi tashish taksilari hamda haydovchilarining ro‘yxatini shakllantirish va ularning belgilangan hududdan tashqarida faoliyat olib bormasliklari ustidan qa’tiy nazorat o‘rnatadi.
 
Viloyat transport boshqarmasi va viloyat Sanitariya-epidimiologik nazorati markazi yo‘nalishsiz taksilarga har 4 soatda dezinfeksiya qilishni qat’iy nazoratga olish maqsadida maxsus dezinfeksiyalash nuqtalarini tashkil etish va dezinfeksiyalashni ro‘xatga olish mexanizimini shakllantiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан