Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshi shahrida xalq ta’lim bo‘lim vakili o‘z joniga qasd qildi
26.12.2020 20:49,  
807

Bugun Qarshi shahar Xalq ta’limi bo‘limida faoliyat ko‘rsatgan 33 yoshli bosh mutaxassis R.F. o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Nasafnews” manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum Qarshi tumani Lagandi qishlog‘ida istiqomat qilgan. Qarshi shahridan hali qurilishi to‘liq yakunlanmagan ko‘p qavatli uylardan sotib olgan va shu yerda o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

“Nasafnews” voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirasi Nargiza Samadova bilan bog‘landi.

N.Samadovaning aytishicha, marhum ikki kun ishga kelaolmasligini, bunga otasining sog‘ligida muammo borligini sabab qilib ko‘rsatgan va javob olgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, vafot etgan 33 yoshli xalq ta’limi xodimining 2 nafar farzandi bor. Bo‘lim mas’ullari oxirgi vaqtlarda uning ruhiyatida jiddiy o‘zgarishlarni sezishmagan

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан