Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida 13 nafar o‘smir is gazidan zaharlandi
19.12.2020 12:13,  
275

Bugun 19 dekabr kuni soat 06:50 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga is gazidan zaharlangan 13 nafar o‘smir keltirilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga tegishli yotoqxonada gaz bilan ishlaydigan isitish qozonidagi nosozlik mazkur noxush hodisaga sabab bo‘lgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, o‘smirlarning hammasi o‘g‘il bola. Ularning eng kichigi 11, eng kattasi 14 yoshda. Zaharlanganlarning 3 nafari og‘ir, 5 nafari o‘rta og‘ir holda shifoxonaga keltirilgan, qolganlariga ambulator sharoitda tibbiy yordam berilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan keyin ularning barchasining ahvoli yaxshilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан