Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida 5 yil oldin davlat tomonidan olib qo‘yilgan bozor o‘z egasiga qaytarildi
14.03.2020 16:46,  
653

2020 yilning 10 mart kuni Qarshi shahridagi yirik bozorlardan “Orzu bozor”ning mol-mulk hamda bino inshootlari o‘z egasiga to‘liq holda qaytarib berildi.

Bozor Rahmatilla Mengliqulov rahbarligidagi “Orzu quvonchi” MChJ tomonidan 2009 yilda qurilgan.

Qashqadaryo apellatsiya instansiyasining 2015 yil 28 dekabrdagi ajrimiga asosan bozor davlat egaligiga berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga qilingan murojaatlardan so‘ng Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimiga asosan avvalgi ajrim bekor qilingan.

Shundan so‘ng, ishni JIB Samarqand viloyat sudi ko‘rib chiqib sud apellatsiya instansiyasining ajrimiga asosan davlat egaligiga o‘tkazish qismini bekor qilgan.

Ijro hujjati Byuroning Qarshi shahar bo‘limiga joriy yilning 4-mart kuni kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishini qo‘zg‘atish qarori qabul qilinib, ijro harakatlarini amalga oshirishga kirishilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан