Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida 70.000.000 so‘m pulni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi
7.09.2021 20:51,  
338

Qarshi shahrida 70.000.000 so‘m pulni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV rasmiy bayonot berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga 2021 yil 3 sentyabr kuni xabar kelib tushgan. 

Unga ko‘ra, shu kuni soat 13:00larda noma’lum shaxs Qarshi shahar «Mahallot» MFY hududidagi «Mahallot» jome’ masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan, Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi Elbekning «Neksiya-3» rusumli avtomashinasi salonidan 70 000 000 so‘m pulni o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o‘g‘irlik jinoyatini Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan Xikmatillo sodir etganligi aniqlanib, undan ashyoviy dalil tariqasida 67.300.00 so‘m pullar hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan Xikmatilloga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан