Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida kemping turizm hududi barpo etiladi
5.10.2020 12:12,  
171

Qarshi shahriga tutash Qarshi tumaniga qarashli “Chaman” hududida turizm kompleksi qad rostlaydi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun ushbu hududda mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Milliyligimizdagi zamonaviylikni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirsak, turizm rivojiga katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz, - dedi viloyat hokimi. - Hech bir ko‘rinish yoki bino bir-birini takrorlamasin. E’lon beringlar, tadbirkorlar o‘z loyiha va tashabbusini taqdim etsin”.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

 

Turizm qo‘mitasini viloyat hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Xidirovaning ma’lum qilishicha, bu yerda 100 dan ortiq xizmat turlarini yaratilishi natijasida yaqin kelajakda mahalliy hamda xorijlik turistlar bilan gavjum manzilgohga aylanadi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati

 

Majmuaning umumiy maydoni 9.95 ga. Loyiha 2021 yilning II choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. “Chaman”da restoran, baliqchilar uchun joy, sport maydonchalari, bog‘, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, golf maydoni, plyaj hamda cho‘milish havzasi (200 kishiga mo‘ljallangan) bunyod etiladi.

“Ro‘zimat G‘oyibovning dachasi”

Yangi turizm kompleksi shu yerda barpo etiladi. Foto: Sobir Narziyev / Qashqadaryo gazetasi

 

Hozirda xarobazorga aylangan va sovetlar paytida qurilgan yakka bino (aniqrog‘i bino qoldig‘i) bir paytlar 1968 – 1983 yillarda Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasining birinchi kotibi (hozirgi viloyat hokimi lavozimiga teng mansab – sof.uz) Ro‘zimat G‘oyibov dam oladigan va xordiq chiqaradigan maskan bo‘lgan. Mahalliy aholi bu yerni hali ham “G‘oyibovning dachasi” deb ataydi. G‘oyibov viloyatga rahbarlik qilgan davrda bu manzilda choyxona, baliqxona bo‘lgan.

Yangi turizm kompleksi shu yerda barpo etiladi. Foto: Sobir Narziyev / Qashqadaryo gazetasi

Qashqadaryo gazetasining yozishicha, "dacha" ayni paytda "Viloyat kooperatsiya qurilish materiallari ta’minoti" MChJga qarashli bo‘lib, 2016 yilda kadastr hujjati qilingan. Hujjatlarga asosan bu yerda "Chaman" restorani tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан