Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida o‘qituvchisi pora talab qilgan talaba o‘zini osgani aytilmoqda
14.04.2021 11:00,  
527

Ijtimoiy tarmoqlarda «Talaba o‘z joniga qasd qildi» sarlavhali xabarlar tarqalmoqda.

Unda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘yganligi haqida bildirilgan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmaganligi va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi ko‘rsatilgan va aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan degan taxmin ilgari surilgan.

Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан