Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida sobiq xotinidan shantaj orqali $5 ming talab qilgan shaxs ushlandi
24.12.2021 14:12,  
143

Qashqadaryoda sobiq rafiqasini shantaj qilib, undan pul talab qilgan yigit ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 20 dekabr kuni 23 yoshli B.M. Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda sobiq turmush o‘rtog‘i 24 yoshli Y.F. uning shaxsiga oid ma’lumotlarni va ekspertiza hujjatlarini o‘qish va ish joyi hamda boshqa ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, ushbu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga 5000 AQSh dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini ma’lum qilgan hamda unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Y.F. Qarshi shahridagi “Yashil bozor” savdo do‘koni yonida fuqaro B.M.dan talab qilgan 5000 AQSh dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Y.F.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан