Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshida yuzaga kelgan yong‘inda uch kishi halok bo‘ldi
2.10.2021 15:35,  
198

Qarshidagi mebel ishlab chiqarish ustaxonada yuzaga kelgan yong‘in oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yong‘in haqidagi ma’lumot 1 oktyabr kuni ertalab soat 09:10da kelib tushgan. Beshta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 09:13 da hodisa joyiga yetib kelgan va uch daqiqadan so‘ng yong‘in qurshab olinib, soat 09:26 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa natijasida 200 kv. m. ga yaqin maydondagi mebel mahsulotlari yongan, binoning 800 kv. m. qismi asrab qolingan. Qutqaruvchilar yonayotgan binodan uch kishini olib chiqishdi, biroq keyinchalik ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo‘limida vafot etdi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablari o‘rganilib, yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан