Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi moddani Jinoyat kodeksidan chiqarib tashlash taklif qilindi
16.01.2020 11:54,  
1163

O‘zbekistonda qasddan badanga yengil shikast yetkazish to‘g‘risidagi modda dekriminalizatsiya qilinishi mumkin. Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Hujjatda Jinoyat kodeksining 109-moddasini (qasddan yengil tan jarohati yetkazish) chiqarib tashlash va uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 3-qismiga (badanga yengil shikast yetkazish) o‘tkazish nazarda tutilmoqda.

Hozirgi vaqtda Jinoyat kodeksiga ko‘ra, sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ichki ishlar vazirligining tushuntirish xatida ta’kidlanganidek, ichki ishlar organlari tomonidan 2018 yilda Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bo‘yicha 1512 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan 311 tasi (20.5%), 2019 yilning 10 oyida esa 771 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, shundan 122 tasi (15.8%) taraflarning yarashganligi munosabati bilan sud tomonidan ayblilik haqidagi masala hal qilinmasdan tugatilgan.

«Bugungi kunda aksariyat xorijiy davlatlar qonunchiligida ushbu turdagi jinoyat jinoyat qonunchiligidan chiqarilib, ma’muriy huquqbuzarliklar toifasiga kiritilganligini ko‘rish mumkin. Xususan, Qozog‘iston Respublikasining 2017 yil 3 iyuldagi 84­VI-son Qonuniga muvofiq, Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 108-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) Qozog‘iston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksiga 731-modda sifatida kiritilgan», — deyiladi loyihada. Muhokamalar 23 yanvargacha davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан