Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo ham koronavirusdan xoli hududga aylandi
1.05.2020 11:58,  
231

Qashqadaryo viloyati ham koronavirus infeksiyasidan holi hududga aylanmoqda.
Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a’zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan.

Quvonarli jihati, endilikda viloyatda barcha bemorlar butkul sog‘ayib, Jizzax viloyatidan keyin koronavirusdan holi ikkinchi hududga aylanmoqda. 

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni  1134 nafarga yetdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан