Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo hokimi o‘rinbosariga ajratilgan Trailblazer jarima maydoniga qo‘yildi
6.01.2022 14:06,  
172

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, avtomobil haydovchisiga bayonnoma tuzilgan va transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.

Aytilishicha, mashina yo‘l harakati qoidalarining 2-ilovasida ko‘rsatilgan 1.1 (yo‘lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo‘lagi chegarasini bildiradi, bosib o‘tish taqiqlanadi) yo‘l yotiq chizig‘ini bosgan holda, svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘ida, ortga qayrilib olish qoidalarini chetlab o‘tgan holda harakatlangan.

Video yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilganda, «Trailblazer» rusumli 70/005DAV davlat raqam belgili avtomobil yon oynalarining tusi tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi ma’lum bo‘ldi va haydovchi 1976 yilda tug‘ilgan E.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 126- , 128-, 1284-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, transport vositasi ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан