Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo hokimlari davolanish uchun Toshkentga jo‘natildi
18.01.2021 09:42,  
237

Qashqadaryo viloyati tuman va shahar hokimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish uchun Toshkent shahriga yo‘l oldi.Hokimlarni Qarshi temir yo‘l vokzalidan kuzatish marosimida Zoyir Mirzayev ham ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

«Tarixda birinchi bor davolanish uchun bormoqdasizlar. Demak, dam olishga borayapmanmi yoki davolanishga, degan fikr hammada bo‘lishi kerak. Sizning salomatligingiz jamiyatga ham, oila a’zolaringizga ham kerak. Ertadan o‘rinlaringizni vaqtincha yoshlar egallaydi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Xalqchil bo‘lishning birdan bir usuli – xalqni dardu tashvishlarini ichida bo‘lish». Yosh rahbarlardan zora bittagina xalq dardiga yechim topa olsak ham, bu katta yutuqdir», – dedi Zoyir Mirzayev.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlari 10 kun davomida «Chinobod Plaza» sanatoriyasida tibbiy ko‘rik natijalari asosida davolanib qaytishadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан