Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida bulduruq hodisasi sodir bo‘lmoqda
3.01.2021 20:09,  
2070

Shu kunlarda Surxondaryoning shimoliy tumanlarida hamda Qashqadaryoning tog‘li hududlarida o‘ta qalin tuman tushishi va sovuq harorat kuzatilmoqda" - deya xabar bermoqda UzA. Daraxt va simyog‘ochlar oppoq qorga burkangan.
Guyoki, tuni bilan hammayoqda qor yog‘ib chiqqanday. Aslida tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ma’lumot berishicha, bulduruq qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida kuzatiladi.
Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari va simyog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qamrab oladi.
Bulduruqning sovug‘i juda kuchli bo‘lgani uchun o‘zbek xalqida «Bir bulduruq uch qorga tatiydi» degan maqol bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан