Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo va Toshkentda aholi orasida yana koronavirus qayd etildi
18.06.2020 17:06,  
576

2020 yil 18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 (+33) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari  Karantin markazidagi ( Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi “O‘rikzor” savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtimizda aholi orasida  qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 4166  (+35) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi shifo topganligini bildiradi.

Hozirda mamlakatimizning o‘n xududidagi davolash muassasalarida  1545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 12 nafari og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан