Qashqadaryo viloyati IIB qo‘riqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i oqlandi

Qashqadaryo viloyati IIB qo‘riqlash boshqarmasining sobiq boshlig‘i oqlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2014 yil 31 martdagi hukmiga ko‘ra, 1971 yil 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan Jumayev Yashin Xayitaliyevich Qashqadaryo viloyati IIB qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2013 yil 7 avgust kuni u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari va 210-moddasi 3-qismi «a, b, v» bandlari bilan aybli deb topilib qamoqqa olingan.

Sud unga nisbatan, JKning 209-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari bilan eng kam oylik ish haqining 450 baravari 28.314.000 so‘m miqdorida jarima jazosi, JKning 210-moddasi 3-qismi «a, b, v» bandlari bilan JKning 45-moddasini qo‘llab, 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, ya’ni mas’ul mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, JKning 57-moddasini qo‘llab, eng kam oylik ish haqining 550 baravari 34.606.000 so‘m miqdorida jarima jazosi JKning 59, 61-moddalariga asosan uzil kesil 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilish, ya’ni mas’ul mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining 600 baravari 37.752.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlagan.

2011 yilning iyul oyiga qadar Ya.Jumayev orqali QB quyi tizimiga ishga o‘tish istagini bildirgan nomzod Suleymenov Abduzaxiddan ishga o‘tkazib qo‘yishi evaziga 200 AQSh dollari, Umarov Sardordan 1.500 AQSh dollari, Yunusov Azamjondan 500 AQSh dollari, Toshmetov Djamshiddan 1.000 AQSh dollari, Abduraximov Nodirbekdan 1.000 AQSh dollari, Azimov Abdulazizdan 1.000.000 so‘m, xuddi shu tariqa R.Jurayev orqali Akbayev Ilxomdan 1.000 AQSh dollari, Mamadiyarov Azizbekdan A.Mixliboyev orqali 1.000 AQSh dollari, Mamatov Elyordan 500 AQSh dollari, Sag‘dullayev Shukurullodan 650 AQSh dollari, Buxarbayev Baxtiyordan 600 AQSh dollari, Kurbonaliyev Almasdan 600 AQSh dollari, Aytbayev Nurg‘alidan 500 AQSh dollari, Turayev Anvardan 200.000 so‘m, Sh. Saydazimov orqali Azlarov Maxamadxo‘jani QB quyi tizimiga ishga o‘tkazish uchun 800 AQSh dollari, Mirzayev Oybekdan 200 AQSh dollari, Sarikulov Nurilladan 1.000 AQSh dollari, Egamberdiyev Azizjondan 1.500 AQSh dollari, Kuddusov Javoxirdan 500 AQSh dollari, Eshtayev Alibekdan 400 AQSh dollari, Xusanov Abduraufdan 300 AQSh dollari, Muratov Abduvoxiddan 1.250 AQSh dollari, Saidnosirov Abdulazizdan 400 AQSh dollari, Ziyatov Baxodirdan 800 AQSh dollari, boshqa 19 nafar nomzodlardan 16.200 AQSh dollari, jami bo‘lib 32.400 AQSh dollari va 1.200.000 so‘mni qonunga xilof ravishda pora tariqasida olib, jinoiy sheriklari imkoniyatlari bilan harakatlarini oxiriga yetkazish maqsadida R.Jurayev K.Nurmuxamedovga 4.000 AQSh dollari, Ya.Jumayev uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab Sh. Buranovga 12.400 AQSh dollari berib, qolgan qismini R.Jurayev va Ya.Jumayevlar boshqalar bilan o‘zaro taqsimlab, Sh. Buranov va K.Nurmuxamedovlar orqali rasmiy hujjat hisoblangan 2011 yil 25 iyundagi va 2011 yil 18 iyuldagi sinov natijasi bayonnomalariga soxta ma’lumot va yozuvlar kiritgan holda, nomlari qayd etilgan nomzodlar go‘yoki sinovlardan ijobiy o‘tganligini to‘g‘risida rasmiylashtirishda bayonnomalarni o‘zi imzolab, QBning 2011 yil 27 iyundagi 28-sonli va 2011 yil 30 iyuldagi 35-sonli buyruqlari asosida nomzodlarni ishga o‘tishini ta’minlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2014 yil 31 martdagi hukmining Jumayev Yashin Xayitaliyevichga nisbatan qismi bekor qilinib, Jumayev Yashin Xayitaliyevich O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2, 3-bandlariga asosan reabilitatsiya qilinsin va jinoyat ishining unga nisbatan qismi tugatildi.

776