Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryo viloyatining yetti tumani va bir shahri elektr ta’minotidan to‘liq uzilib qolmoqda
8.01.2021 20:52,  
594

   "Tollimarjon" IESda 8 yanvar kuni yuz bergan avariya oqibatida Qashqadaryo viloyatining yetti tumani va bir shahri elektr ta’minotidan to‘liq uzilib qoldi. Bu haqida Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, IESdagi har birining quvvati 450 megavatt bo‘lgan ikkita energoblok ishlashdan to‘xtagan. Energetika vazirligining aniqlik kiritishicha , 8 yanvar kuni soat 10:27 da va 10:31 da «Tollimarjon» IESning 2 va 3-bug‘-gaz qurilmalari «energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida» to‘xtagan. «Oqibatda O‘zbekistonning ayrim hududlari bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida umumiy 446 megavatt quvvatda cheklov kiritilmoqda. Vazir Alisher Sultonov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi. Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan to‘xtatilish sabablari aniqlanmoqda», — deyiladi vazirlik axborotida. Qashqadaryo elektr tarmoqlari korxonasining qo‘shimcha qilishicha, avariya oqibatida viloyatning Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Gʻuzor, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahrida elektr ta’minoti to‘liq uzilgan.   "Gazeta.uz"ning yozishicha, «Tollimarjon» IESda 2016 va 2017 yillarda ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgan. Qurilish Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari tomonidan amalga oshirilgan. Stansiyaning 2004 yilda ishga tushgan 800 megavatt quvvatga ega birinchi energobloki esa ishlashda davom etmoqda (stansiya qurilishi SSSR davrida boshlangan). 5 yanvar kuni ham «Tollimarjon» IESning ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishlamay qolishi oqibatida Qashqadaryoning ayrim hududlari qisman, Qamashi, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob tumanlari esa to‘liq elektr ta’minotidan uzilgan, bir necha tumanda suv ta’minoti ham to‘xtab qolgan edi.  Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa issiqlik elektr stansiyalarida ham qisman o‘chish holatlari yuz bergani ma’lum qilingan edi. 7 yanvar kuni esa Energetika vazirligi O‘zbekiston IESlari va mamlakat energetika tizimining ishlash tartibi to‘liq tiklanganini ma’lum qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан