Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 11-sinf o‘quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi
19.05.2021 16:45,  
482

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida 11-sinf o‘quvchisi uyidagi molxonadan osilgan holda topildi. Bu haqdagi xabarni viloyat prokuraturasi axborot xizmati tasdiqladi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 18 may kuni taxminan soat 07:30 da sodir bo‘lgan.

O‘z joniga qasd qilgan 18 yoshli qizning maktab o‘quvchisi ekanini tasdiqlagan Nishon tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Jahongir Xolmurodov marhumaning tumandagi 23-maktabda tahsil olib kelganini ma’lum qildi.

«Voqea ertalab soat 07:00—07:30 atrofida sodir bo‘lgan. Kutilmagan holat nafaqat bizni, maktab rahbariyatini ham taajjubga soldi», — deydi Jahongir Xolmurodov.

Mazkur holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan yoki ochilmagani noma’lum.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан