Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 12 nafar "jihodchi" qo‘lga tushdi
1.11.2021 09:14,  
1745

DXX Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "jihodchilar" — diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

O‘zaro yig‘inlar vaqtida ular "jihodchilar" oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan diniy mazmundagi audio-video materiallarni tinglab, tomosha qilishgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirishgan.

Guruhning 1969–1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 12 nafar a’zosi orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar borligi aniqlangan. 

Guruh a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda, xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bo‘lgan uyali aloqa vositalari va fleshkartalar, shuningdek, nashriyoti ko‘rsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan o‘tkazish uchun rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан