Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 17 nafar bemor uchun qariyb 500 mln so‘m mablag‘ ajratilgani ma’lum qilindi
25.04.2021 21:26,  
424

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida tashkil etilgan «Xalq dardi bilan yashaylik!» shiori ostidagi xayriya tadbirida ishtirok etar ekan, «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi hisobidan murakkab kardiologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi belgilangan 17 nafar bemor uchun 495 million so‘m mablag‘ ajratilganligini ma’lum qildi.

Bu bemorlar haqiqatda ehtiyojmand, «Temir daftar»da qayd etilgan, ba’zilarining nogironligi bor. Hammasi yurak xastaliklardan aziyat chekishmoqda. Ammo murakkab jarrohlik amaliyotlari xarajatlari uchun yetarli mablag‘i yo‘q. Shuning uchun ham ular viloyat hokimining onlayn manziliga murojaat qilishdi va shundan so‘ng muammo hal etildi.

Bu bemorlarda klapan protezlash, okklyuder implantatsiyasi, koronarografiya stentlash, aortakoronar shuntlash singari yuqori texnologiyali, murakkab operatsiyalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан