Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 319,7 mln so‘mni o‘zlashtirgan rahbar o‘rinbosari fosh etildi
29.11.2021 15:08,  
207

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “M-S.” MChJ rahbari o‘rinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021 yilning mart-oktyabr oylarida MChJning 319,7 mln so‘m pul mablag‘ini bank plastik kartasiga o‘tkazib, o‘zlarining manfaatlari yo‘lida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан