Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 4 ta yangi turistik yo‘nalish tashkil etiladi (Foto)
12.03.2020 11:43,  
1222

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi “Hisor davlat qo‘riqxonasining qo‘riqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 94-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatida 4 ta yangi sayyohlik yo‘nalishlari ochiladi.

Hazrati Sulton tog‘i, Suvtushar sharsharasi, dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori ob’yektlari yangi turistik marshrutga aylantiriladi.

“Mazkur hududlarda ziyorat turizmi hamda ekologik turizmni tashkil etish uchun zarur infratuzilma yaratiladi. Shuningdek, hududga investorlar hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni jalb etish choralarini ko‘rish ham belgilab berilgan”, —deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nu’mon Rayimqulov.

Yangi yo‘nalishlar borib ko‘rish yoki dam olishga arziydimi?

Ushbu yo‘nalishlar xorijiy sayyohlardan ko‘ra ko‘proq ichki turistlarni jalb qilish uchun ochilmoqda.

Hazrati Sulton tog‘i. Balandligi 4643 metr bo‘lgan tog‘ mamlakatimizning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Uning nomi Xo‘ja Ahmad Yassaviy sharafiga Hazrat Sulton deb atalgan. Cho‘qqiga tomon yo‘lning uzoqligi, turli xil tabiiy to‘siqlarning mavjudligi tufayli uni zabt etish har kimga ham nasib etavermagan.

Hazrati Sulton tog‘i. Foto: kun.uz

Suvtushar sharsharasi. Hisor davlat qo‘riqxonasi hududidagi mazkur sharshara dengiz sathidan 2100 metr balandlikda joylashgan. Suvning qorday oqligi tufayli mahalliy aholi uni “Suttushar” deb nomlagan.

Suvtushar sharsharasi. Foto: UzA

Dinozavr izlari va Amir Temur g‘ori. O‘zbekistonning haligacha to‘liq o‘rganilmagan sirli mo‘jizalaridan biri. Yakkabog‘ tumanidagi Toshqo‘rg‘on qishlog‘i yaqinida joylashgan. Qishloqda hamon kattaligi ikki metrdan oshiqroq dinozavr izlari saqlanib qolgan. Toshqo‘rg‘on yaqinida Amir Temur g‘ori bor va u g‘or olimlar tomonidan batafsil o‘rganilmagan. Tojikiston bilan chegarada joylashgani sababli ma’lum vaqt bu ob’yektga kelish taqiqlangan edi va o‘tgan yildan boshlab ushbu taqiq bekor qilindi.

Temur g‘ori

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан