Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 6 yoshli piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisining IIB xodimi ekani aytilmoqda
17.02.2021 12:55,  
484

6 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida haydovchi, J.H. (1977 y.t.) Nexia avtomobilida piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 6 yoshli piyodani urib yuborgan. Bu haqda qda YHXBB xabar bermoqda.

Hodisa soat 15:00larda «Yangiobod» MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 2-kilometrida sodir bo‘lgan. 1-sonli maktab ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan piyoda, ushbu maktabning tayyorlov sinfi o‘quvchisi, F.Q. (2014 y.t.) ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Mazkur YTH oqibatida piyoda, 6 yoshli F.Q. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«Kun.uz» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokat vaqtida 1-sonli maktab o‘qituvchisi G. A. piyodalar o‘tish joyida o‘quvchilarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Mashina juda katta tezlik bilan kelib, bolani urib, sudrab ketib qolgan. Haydovchining IIB xodimi ekani aytilmoqda.

«Birinchi yordam ko‘rsatishga ham bormadi. Birinchi menga baqirdi. Bolani u emas, mana shu yerda turgan yigitlar ko‘tarib mashinaga soldi» — deydi o‘qituvchi.

YTH sodir bo‘lgan yo‘lda piyodalar o‘tish belgisi o‘rnatilgani ma’lum qilindi.

«Bola mashinaning tagiga kirib qoldi, sudrab ketdi u. Birinchi to‘xtamoqchi emasmidi, uni oldiga to‘xta-to‘xta deb yugurdik. Bolani tagidan chiqarib oldik. Birinchi yordam ko‘rsatish uchun mashinaga ortaylik desak, haydovchi men mashina haydolmayman, ortmayman, „skoriy“ kelsin dedi. Mashinadan tushmadi, domlani so‘kib yotibdi. Haydovchi uchastka inspektori edi. Kiyimim qon bo‘ladi, deb, bolani ustalarga tushirtiribdi», — deydi voqea guvohi M.H.

Bundan tashqari, bola kasalxonaga olib kelinganida ro‘yxatga olish paytida o‘zi kelgan deya yozib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda bolaning ahvoli og‘ir. Unga og‘ir qo‘shma shikastlanish, og‘ir ochiq kallaning chikastlanishi, bosh miyaning o‘rta og‘ir darajada lat yeyishi, chap son suyagining bo‘yin qismida yopiq bo‘laklanib sinib siljishi kabi tashhislar qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан