Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 9-sinf o‘quvchisi kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi
9.05.2022 23:31,  
100

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda Nasafnews xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 2022 yilning 7 may kuni sodir bo‘lgan.

2005 yilda tug‘ilgan E.Sh. (o‘g‘il bola) darsdan so‘ng uyi yaqinidan o‘tgan magistral kanalga cho‘milish uchun tushib, suv ko‘p kelishi oqibatida cho‘kib, halok bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa Nishon tumani «Shirinobod» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazayotgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан