Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda 9 ta tibbiyot muassasasi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
28.12.2021 09:52,  
331

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida tibbiy uskunalar xarid qilinishining qonuniyligi o‘rganildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020 yil va 2021 yilning 1-yarim yili davomida 10 ta tibbiyot muassasalari tomonidan 75 dona jami 7 mlrd. 817,6 mln. so‘mlik tibbiy uskunalar Qarshi shahridagi mas’uliyati cheklangan jamiyatdan shartnoma asosida juda qimmat narxlarda byudjet mablag‘lari hisobiga sotib olingan.

Ushbu materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuratura  huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilgan va Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan bozor bahosini aniqlash bo‘yicha ekspertiza tayinlangan.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi ekspertlari tomonidan dastlabki baholash ishlari yakunlariga ko‘ra, 65 dona 43 turdagi tibbiy uskunalari tibbiyot muassasalari tomonidan 5 mlrd. 421,4 mln. so‘mga xarid qilingan bo‘lsa, ekspert xulosasiga ko‘ra, haqiqatda, 2 mlrd. 808,1 mln. so‘mlik qiymatga ega ekanligi, ya’ni 2 mlrd. 613,3 mln. so‘mga qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlanadi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2 mlrd. 613 mln. 334 ming 899 so‘mga qimmat narxlarda tibbiy uskunalar sotib olinganligi holati yuzasidan 2021 yil 16 dekabr kuni  ta’minotchi jamiyat va Qashqadaryodagi 9 ta tibbiyot muassasalari mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан