Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda ayol erini o‘ldirish uchun hushtorini yolladi
24.11.2021 22:39,  
1175

Joriy yilning 25 martdan 26 martga o‘tar kechasi Shahrisabzda tadbirkor X.M jinoiy guruh tomonidan o‘ldirib ketilgani haqida Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, X.M. ayolining U.S. bilan ishqiy munosabatidan xabar topgan va shu sababli oilaviy janjal kelib chiqqan.

Shundan so‘ng, X.M.ning ayoli uyida saqlanayotgan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, qochish rejasini tuzgan va U.S.ga kerakli bo‘lgan odamlarni topib, turmush o‘rtog‘ining yashash xonadonida bosqinchilikni amalga oshirishni aytgan.

Topshiriqqa ko‘ra, ayolning hushtori va uning sheriklari pichoq va yog‘och bo‘laklar bilan qurollanib, X.M.ning uyiga bostirib kirgan va uni shavfqatsizlarcha o‘ldirib, seyfdagi 850 million so‘m pul mablag‘ini olib, hodisa joyidan yashirinishgan. Sud tibbiy ekspertiza natijasiga ko‘ra, X.M.ning o‘limiga tanasining 44 joyidan pichoq bilan jarohatlangani sabab bo‘lgan.

Jinoyatchilarga sud o‘qib eshittirildi. Sud qaroriga ko‘ra, marhumning ayoliga JKning 97-moddasi 2-qismi va 50-modda talabiga asosan 13 yil 4 oyga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Ayolning hushdori bo‘lgan U.S.ga nisbatan JKning 164-moddasi 4-qismi (a bandi) bilan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a’zolari B.S.ga 21 yil 6 oy, A.I va J.X.larga 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан