Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda bemordan besh ming so‘m talab qilgan shifokor ishdan haydaldi
2.07.2021 11:38,  
303

Ijtimoiy tarmoqlarda Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limida ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m talab qilishganligi, bo‘limda sanitariya talablariga rioya to‘liq rioya etilmayotganligi bo‘yicha videomurojaat tarqaldi. 

Qashqadaryo viloyati SSBning tushuntirish berishicha, mazkur holat tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokoma qilingan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 24 iyun kuni Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar shifoxonasi kunduzgi muolaja feldsheri G‘.A. tomonidan bemorga kasallik tarixi ochish uchun 5000 so‘m pul so‘ralgani qayd etilgan. Tuman yuqumli kasallliklar shifoxonasining 2021 yil 1 iyuldagi buyrug‘i bilan G‘. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Tuman yuqumli kasalliklar bo‘limida sanitariya talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlar belgilandi, deyiladi xabar yakunida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан