Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda chaqiruvga mast holda borgan shifokor ishdan bo‘shatildi (video)
1.05.2019 14:00,  
8

30 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali chaqiruvga mast holatda borgani aks etgan video tarqaldi. «Daryo» nashri ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Ushbu holat Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Qora-qum qishlog‘ida kuzatilgan.

28 aprel kuni 9 yoshli bemorga yordam ko‘rsatish maqsadida Qiyot qishlog‘idan soat 22:30 da chaqirilgan tez yordam xizmati mashinasi rosa bir soat deganda yetib keladi. Buning ustiga shifokor oyoqda tura olmaydigan darajada mast holatda bo‘ladi.

Bemorning yaqinlari shifokordan bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmasdan ketishni talab qiladi.

Ushbu voqea vazirlikning yetakchi mutaxassislari nazoratiga olingan. Ayni shu shifokorga avval kasb etikasiga rioya etmaganligi tufayli turli choralar ko‘rilgani aniqlangan. Videodagi holat tufayli shifokor Eshmamat Botirov bilan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u o‘z vazifasidan chetlatilgan.

Shuningdek, Muborak tuman tibbiiyot birlashmasi bosh shifokori O.Nasimovga ham «jarima» intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан