Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi
14.11.2021 12:23,  
389

Ma’lum qilinishicha, mazkur hasharat tarkibida oqsil miqdori ko‘p bo‘lgani bois butun dunyoda chigirtka uniga talab juda yuqori.

Shu sababli qashqadaryolik tadbirkor Muzaffar Hamzayev viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasini ishlab chiqdi.

Loyiha qiymati 4,1 mlrd so‘m bo‘lib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va har kilosi 3,7 AQSh dollardan sotiladi.

Shuningdek, 10 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor M. Hamzayev rahbarlik qiladigan Merry-Cricket MChJ va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar o‘rtasida shartnoma imzolandi.

"Bu loyiha mazkur hujjat ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Yana bir foydali jihati shundaki, chigirtkani dalalardan yig‘ib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus to‘r qoplarda hasharotlarni yig‘ib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq to‘lanadi. Bu ham aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chigirtka uni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadida chigirtkalar chatishtiriladi va qayta ishlash uchun maxsus yetishtiriladi", - deydi Qashqadaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Olimjon Mavlonov.

Qayd etilishicha, bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан