Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda Damas va Nexia to‘qnashuvi 3 kishining o‘limi bilan tugadi
26.10.2021 16:13,  
173

IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar qilishicha, joriy yilning 17 oktyabr kuni soat 15:40 atrofida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Yortepa qishlog‘i hududidan o‘tuvchi yo‘lda 44 yoshli O.E. Nexia’ni boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.T. boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan.

Natijada, ikkala haydovchi va Damasd’a bo‘lgan yo‘lovchi D.E. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobilda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan JKning 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан