Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda elektr uzilishlari sababli suv ta’minoti to‘xtadi
7.01.2021 15:24,  
232

Qashqadaryoning bir qator tumanlari elektr ta’minotidan to‘liq uzilgani sabab suv ta’minotida muammolar yuzaga keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4-yanvar kuni soat 06:59 da va 10:10 da Qashqadaryo viloyati “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga qarashli neft va gaz qazib chiqarish konlarini elektr energiyasi bilan ta’minlab turgan “Neftchi” podstansiyasida rele himoyadan o‘chgan.
Tolimarjon IES ga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun ikkita energoblok to‘xtagan. Oqibatda Qashqadaryoning beshta tumanida to‘liq elektr energiyasidan uzilish holati ro‘y bergan va Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘ tumanlarida joylashgan suv ishlab chiqarish inshootlari faoliyati to‘xtagan. Oqibatda aholiga suv yetkazib berishda ham muammolar yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, hozirda “Issiqlik manbayi” faoliyatida ham uzilish ro‘y berib, ko‘pqavatli uylarning isitish tizimi to‘liq quvvat bilan ishlamayapti.
“Qashqadaryo Suvta’minot”ning Qarshi shahar bo‘limi tarafidan viloyat aholisiga maxsus texnikalarda ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimi Zoir Mirzayev viloyatda elektr ta’minoti soatlab rejasiz uzilayotgani ustidan bosh vazir Abdulla Aripovga shikoyat qilgandi. Bosh vazir vaziyat ikki kunda o‘nglanishini va’da bergandi.
Avvalroq Qashqadaryoning nafaqat tumanlari, balki ma’muriy markazi hisoblangan Qarshi shahrida ham elektr ta’minotida olti soatlab uzilishlar bo‘layotgani haqida xabar berilgan edi",-deya xabar bermoqda Daryo.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан