Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda erkak hamqishlog‘ini jag‘iga pichoq sanchib o‘ldirdi
30.12.2021 10:19,  
195

Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yil 18 dekabr kuni soat 21:45 larda Koson tumani "Quyi Obron" mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan Y.A. hamqishlog‘i T.E. bilan qishloqdagi choyxonaga kelgan.

Ular ovqatlanish jarayonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda bir-birini haqoratlab, janjallashib qoladi.

Natijada, sarxush yigitlar kuch sinashish maqsadida tashqariga chiqadi. Shu payt Y.A. tashqaridagi shashlik qo‘ra yonidagi stol ustida turgan pichoqni olib, T.E.ning pastki jag‘iga tiqib oladi. Natijada, T.E. olgan og‘ir tan jarohati tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB tomonidan Y.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан