Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda ham avtobus, miroavtobus va Damas qatnovi vaqtincha to‘xtatildi
23.03.2020 11:34,  
141

Mamlakatimizda karantin e’lon qilingani bois profilaktika tadbirlari kuchaytirilmoqda. 
Kasallik tarqalishi oldini olish, aholi salomatligini asrash, sanitariya osoyishtaligini ta’minlash maqsadida jamoat transportidan foydalanish cheklanmoqda. 

Shuni e’tiborga olib, 2020 yil 23 martdan boshlab Qashqadaryo viloyati hududida ham mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha tashuvchilar tomonidan yo‘nalishli marshrutlar (avtobuslar, mikroavtobuslar, Damas)da qatnovlar vaqtincha TO‘XTATILADI. Bu haqda Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi  xabar berdi

Yo‘nalishsiz taksi haydovchilaridan transport vositasini dezinfeksiya qilib faoliyatga chiqishlarini, yo‘l kira narxini asossiz oshirib yubormaslik so‘raladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан