Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilindi
17.10.2021 22:05,  
108

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanidagi maktabda o‘quvchilar dars vaqtida majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Holatga mehnat vazirligi munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilingani tasdiqlandi.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-maktabda o‘quvchilarning majburiy ishlatilgani holati Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish davomida Qarshi tumanida joylashgan 45-maktab o‘quvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani holatlari aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan vakolat doirasida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан