Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari polga o‘tirgan holda darsda qatnashganligi holati yuzasidan maktab mutasaddilari intizomiy javobgarlikka tortildi
20.09.2021 18:50,  
139

Ijtimoiy tarmoqlarda "Hurmatli xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov biz tomonga bir boqib qo‘ying. Yurtimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlaringiz ko‘zni quvontiradi! Lekin Yakkabog‘da sizni islohotlaringiz yetib kelgani yo‘q!" nomli videoyozuvda qayd etilgan holatlar viloyat prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yakkabog‘ tumani, “Qayrog‘och” MFYda joylashgan 39-sonli umumta’lim maktab binosi 420 o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 1974 yilda qurilgan. Maktab binosini ta’mirlash uchun 2021 yilda 3 mlrd. 102 mln. 400 ming so‘m ajratilgan, qurilish-ta’mirlash ishlari "Avangard gidro-ekspress" MChJ tomonidan olib borilib, 10.09.2021 yilda yakunlangan.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab binosiga qurilish ishlari yakunida 27 ta sinfxona uchun 405 ta parta, direktor, uning o‘rinbosari xonalariga 1 to‘plamdan hamda o‘qituvchilar xonasiga 2 to‘plamdan zaruriy jihozlar yetkazib berilishi belgilangan bo‘lib, qurilish ishlari yakuni bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilayotgani sababli, 08.09.2021 yilga qadar jihozlar yetkazib berilmagan. Shu sababli, maktab ma’muriyati tomonidan eski jihozlardan foydalanilib, o‘quv yili boshlangan. 

O‘rganishda umumta’lim maktabiga barcha zaruriy jihozlar yetkazib berilishi ta’minlandi. O‘qituvchilar N.S va O.Slarning maktab direktori bilan dars taqsimoti masalasida yuzaga kelgan kelishmovchiligi sababli, o‘quv yili boshlangan kunlari maktabda mavjud jihozlangan xonalarda dars o‘tish imkoniyati bo‘la turib, maktab ma’muriyatining tashkiliy masalalardagi kamchiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda bo‘rttirib ko‘rsatish maqsadida 5 “a”-sinf o‘quvchilariga partalar joylashtirilmagan xonada dars o‘tilgan. 

O‘qituvchilar N.S va O.S.lar ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishga uringanlari uchun ularga maktab pedagoglari va kasaba uyushma a’zolarining qo‘shma yig‘ilishi qarori bilan hayfsan intizomiy jazosi berildi.

Shuningdek, tekshiruv natijasi bo‘yicha maktabning o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil qilishda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan maktab direktori Sh.Q., o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.X. vp xo‘jalik mudiri J.J.larga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан