Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb etgan maktab direktori 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi
21.09.2021 21:45,  
109

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani borasidagi tarqalgan xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda «O‘qituvchilarimiz baraka topsin. Dars soatini kamaytirishdan qo‘rqib, darsdan keyin ishlab, salqinda dam olishmoqda. Bu ham yetmagandek direktorning baqirishini eshitishga ham majbur. Bu voqeaga batafsil qaytamiz» mazmunida chiqqan xabar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida Qarshi shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari (21,6 million so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан