Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda o‘quvchiga ikki baho qo‘ygani uchun o‘qituvchini kaltaklaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
14.04.2021 09:33,  
163

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ingliz tili o‘qituvchisini kaltaklagan uch nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisining kaltaklangani yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 13 aprel kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov bo‘limining aniqlashtirishicha, «Umakay» MFY, Umakay qishlog‘ida yashovchi fuqarolar — O.J, O.N va X.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 2021 yil 6 aprel kuni soat 12:30 da Chiroqchi tumanidagi 134-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab hududida ukasi, shu maktabning 6-A sinf o‘quvchisi M.O.ga ikki baho qo‘ygan o‘qituvchini kaltaklagan. Hozirgi kunda fuqarolarning qilmishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning qo‘shimcha qilishicha, Qarshi tumanidan Chiroqchining Umakay qishlog‘iga qatnab ishlovchi o‘qituvchi bilan bog‘liq voqeadan xabar topgan Zoir Mirzayev holatga munosabat bildirgan.

«Viloyat rahbari bo‘lgan voqealardan xabar topgach, ‘Bu judayam axloqsizlik, men buni yomon baholayman’, dedi va uzoq hududga qatnab o‘quvchilarga bilim berib kelayotgan Shohnur Oqqo‘ziyevga 10 million so‘m yo‘l puli berilishi lozimligini ta’kidladi», — dedi Ahror Sodiqov.

Zoir Mirzayevning matbuot kotibiga ko‘ra, o‘qituvchiga to‘lab berilishi lozim bo‘lgan 10 million so‘m pul «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘laridan hisobidan to‘lab beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан