Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda o‘yinchoqdan qochgan Damas ag‘darildi. Uni turg‘azishga ko‘maklashgan ikki kishini esa «KamAZ» bosib ketdi
23.02.2021 08:39,  
877

Qashqadaryoda «KamAZ» yuk mashinasi yo‘lda ag‘darilgan mashinani turg‘izishda yordam bergan ikki kishini urib ketdi, deya xabar qilmoqda «Zamon» informatsion dasturi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 17 fevral kuni soat 06:20 larda Chiroqchi tumani «Chorvador» QFY hududida harakatlanib ketayotgan «KamAZ» yuk avtomobili haydovchisi ag‘darilgan mashinani yo‘lga olib chiqilayotganda mashinani urmay deb, rulni chapga buradi. Oqibatda yuk mashinasi ikki kishini urib ketadi.

«Qarshidan Samarqandga ketayotgan edim. Qorong‘ida yo‘lda o‘yinchoqqa o‘xshash nimadir yotgan ekan. Uni aylanib o‘tayotganimda avtomobilim ag‘darildi», — dedi Damas haydovchisi.

Mashina ag‘darilgach, u yerdan o‘tib ketayotgan o‘tkinchi mashina haydovchilari Damas’dagi insonlarning hayotini saqlab qolish uchun to‘xtab, yordam bermoqchi bo‘ladi.

«Ular bizni chiqarib olishdi. Keyin birgalashib Damas’ni o‘ngladik. Shu paytda ‘KamAZ’ kelayotgan ekan. Ishora berishimizga qaramay yuk mashinasi juda tez kelib, bizga yordam bergan ikki odamni urib ketdi», — dedi Damas haydovchisi.

Yuk mashinasi urib ketgan bir kishi voqea joyida, ikkinchisi ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etgan.

YTH sababi o‘rganilganda, o‘sha kuni «KamAZ» me’yoridan ortiq yuk ortgani, buning natijasida haydovchi mashinani to‘xtatolmagani aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан