Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgan aka ushlandi
8.11.2021 16:55,  
524

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida aka o‘z ukasining oyoq-qo‘llarini sim bilan bog‘lab, tiriklayin yoqib yubordi.Bosh prokuratura axborot xizmati voqea 2021 yilning 1 noyabr kuni sodir bo‘lganini bildirdi — deya yozmoqda ’Daryo.uz’ nashri.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 noyabr kuni soat 19:20 da G‘uzor tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan voqea haqida xabar kelib tushgan. Xabarda tumanning «Pachkamar» MFY, Pachkamar qishlog‘idagi eski gips tosh konidan yoshi 30-35 larda bo‘lgan erkak jasadi topilgani ma’lum qilingan.

«Shaxsi noma’lum murda oyoqlari juft qilingan holda to‘piq sohasi, son sohasi va ko‘krak sohasidan sim bilan ikkala qo‘llari orqaga qayrilib bog‘langan, kuyish jarohatidan vafot etgan holda topilgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning aniqlik kiritishicha, mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni G‘uzor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Tezkor-surishtiruv davomida shaxsi noma’lum murda G‘uzor tumani «Sovlig‘or» mahallasida yashovchi 38 yoshli E.A. ekani, ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaro esa uning 43 yoshli akasi E.K. ekani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, marhum E.A. mast holda doimiy ravishda onasi S.D.ni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, janjal qilib kelgan. 31 oktyabr kuni soat 14:00 da mast holda onasi bilan yana janjallashib, uni haqoratlab uydan chiqib ketganini eshitgan akaning jahli chiqqan. U ukasi shu qishloqdagi choyxonada sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirganini bilib, choyxonaga borib, ukasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Gentra’da uyiga olib kelgan.

«So‘ngra uni urib, qo‘l va oyoqlarini sim bilan bog‘lab, shu kuni soat 22:00 da ukasini qasddan o‘ldirish maqsadida, o‘zining avtomashinasi yukxonasiga joylab, G‘uzor tumani Pachkamar qishlog‘idagi adirlikka olib borib, ustiga benzin sepib yoqib yuborgan va qasddan o‘ldirgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан