Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda o‘z xotinini o‘ldirib, quduqqa tashlagan erkak ushlandi
13.11.2021 09:06,  
276

Ikki yil muqaddam Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qo‘l va oyoqlarini sindirib, qasddan o‘ldirgan. Jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan quduqni to‘ldirib ko‘mib yuborganligi aniqlangan. Kunora bu oilada bo‘lib turgan janjaldan mahalla faollari, qarindosh-urug‘lar xabardor bo‘la turib vaqtida oldini olmagan. Boz ustiga muqaddam ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan bu shaxs qo‘shxotin bilan yashagani, doimiy spirtli ichimlik iste’mol qilib, uyda janjal ko‘tarish bilan band bo‘lgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан