Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan 700 ga yaqin toshbaqani olib ketayotgan brakonerlar ushlandi
24.05.2021 08:12,  
475

21 may kuni Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani «Umakay» YPX maskanida to‘xtatilgan avtomashinada toshbaqalar tabiiy muhitdan noqonuniy yig‘ib-terilib, olib ketilayotgani aniqlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tur «Qizil kitob»ga kiritilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi hisoblanadi. Noyob endemik tur hisoblangan ushbu toshbaqalar mamlakatning barcha adirliklarida uchraydi. Mustahkamlashgan qumlar, sertuproq cho‘llarda yashab, tog‘da dengiz sathidan 1300 metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysali dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari (shudgor, poliz va dalalar)da ham uchraydi.

Brakonerlar tomonidan viloyatdan  noqonuniy ravishda olib chiqib ketilayotgan toshbaqalar bo‘yicha belgilangan tartibda huquqiy ko‘rib chiqish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Toshbaqalar viloyat Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga jo‘natilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyo toshbaqasi go‘shtidan ko‘p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. Toshbaqalarning antropogen omillar ta’sirida yashash joylari o‘zgarishi va yo‘q qilinishi oqibatida ushbu tur kamayib ketmoqda. Manbalarda keltirilishicha, so‘nggi 60 yil mobaynida xo‘jalik faoliyati yuritilishi natijasida toshbaqaning yashash joylari 1,5 million gektarga qisqarib ketgan. Bugungi kunga kelib mazkur turning tabiiy populyasiyasini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston «Qizil kitobi»ning yangi nashriga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан