Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda “Qotillik” jinoyatini sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi
24.11.2021 17:23,  
250

Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz tun”, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va jinoyatlarni fosh etish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar belgilab olingan.

Jumladan, kecha 23-noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

1993-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi “v,d,j,n,o,p” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020-yilning sentyabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan. 

Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан