Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda qovun eksport qilish boshlandi
4.06.2020 11:20,  
203

Ayni kunlarda Qashqadaryoda xushta’m qovun mahsulotlari allaqachon pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo‘natilmoqda. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar qildi.

Kuni-kecha Mirishkor tumanida joylashgan “Umarqulov Abduholiqjon” fermer xo‘jaligi tomonidan ekologik toza, mazasi tilni yorar qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. 15 gektar maydonga hosil ekkan ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan bugunga qadar og‘irligi 17 tonna 885 kilogramm bo‘lgan, qiymati qariyb 18 ming AQSh dollarilik qovunlar eksporti amalga oshirildi.

Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, chet davlatiga yo‘l olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini ta’minlamoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан