Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda “shartli dushman” yakson etildi (foto)
24.02.2020 14:21,  
1107

Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli «Nuriston» poligonida Nuriston garnizonidagi harbiy xizmatchilar ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda Sof.uzga Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar qildi.

Rejaga muvofiq, jangovar guruh tezkor harakatlanib, belgilangan nuqtaga yetib kelishi bilan birinchi sinovni qarshi oldi. Shartli dushman o‘rnashib olgan hududga eltuvchi yo‘lda ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilgan. Mahorat qanchalik yuqori, jangovar ruh qanchalik baland bo‘lmasin, bunday paytlarda taktika qo‘llanilmas ekan, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.

Shu bois shaxsiy tarkib snayperlar guruhining kuzatuvi va himoyasi ostida zudlik bilan shaxsiy himoya vositalarini kiydi. Bu yurt o‘g‘lonlarining zaharlangan hududdan shartli dushman o‘rnashib olgan nuqtaga qadar yetib borishi va uni tor-mor keltirishi yo‘lidagi ilk qadam bo‘ldi.

Shundan so‘ng, harbiy xizmatchilar jangovar ikkilik taktik guruhlariga bo‘lingan holda harakatni davom ettirdi. Ularni shartli dushman bilan yuzma-yuz bo‘lishi oldidan ikkinchi sinov to‘sig‘i – chaqqonlik va epchillikni talab etadigan simli yo‘lak kutib turardi. Taktik guruhlar o‘zaro ichki navbatchi kuzatuvi asosida bu to‘siqdan ham muvaffaqiyatli o‘tib oldi. Harbiy xizmatchilar shu tariqa taktik tayyorgarlikning bir nechta me’yorlarini ham a’lo darajada bajarishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан