Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda sinfxonada hojatini chiqargan o‘quvchining ota-onasiga chora ko‘rildi. Ota – prokuratura mansabdori
23.03.2021 07:43,  
950

Qarshi shahridagi 1-maktab o‘quvchisi sinfxonada suv solingan chelakka hojatini chiqargan. Holat aks etgan video internetda tarqalgach, o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi. Ma’lum bo‘lishicha, ota viloyat prokuraturasida mas’ul lavozimda ishlaydi.

Qarshi shahar 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchisi maktabda belgilangan ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarini buzgan va sinfxonada nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etgan.

Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu holatni uning sinfdoshi videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi sababli ma’muriy bayonnoma tuzilib, to‘plangan hujjatlar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Qarshi shahar idoralararo komissiyaga taqdim etilgan.

Komissiya o‘quvchining ota-onasini MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, ularga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llagan.

Daryo xabariga ko‘ra, o‘quvchining otasi Qashqadaryo viloyati prokuraturasida mas’ul lavozimda ishlaydi. Bu ma’lumotni tasdiqlagan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov prokuraturada faoliyat yurituvchi otaning qancha miqdorda jarimaga tortilganidan bexabarligini bildirgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) 1-qismiga ko‘ra:

ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi –

bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан