Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda sobiq mahalla raisi kaltaklanib, dalaga tashlab ketildi
21.08.2021 18:58,  
928

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 28 may kuni qo‘y boqib yurgan sobiq mahalla raisi Jo‘ra Sultonovni hamqishlog‘i kaltaklab ketdi. Bu haqda «Nasafnews» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uni urgan erkak 1985 yilda tug‘ilgan. Mahalla raisi va uning qizi ayni kunlarda ichki ishlar bo‘limi va sud zo‘ravonga yon bosayotganini aytgan.

«1957 yilda Muborak tumanida tug‘ilganman. Millatim — turkman. 2008 yildan 2019 yilgacha Muborak tumanidagi Ko‘hna shahar mahallasida rais lavozimida ishlaganman. Hozir nafaqadaman. Joriy yilning 18 may kuni qo‘ylarimni boqib yurgan edim, shunda qo‘ylarimning bir qismi yo‘qolib qolganini sezdim. Hamma cho‘ponlardan so‘rab, qidira boshladim. Hamqishlog‘imiz P.T.ni uchratib qoldim va undan ham qo‘ylarimni so‘radim. U esa birdaniga menga tashlanib, ’men senga cho‘ponmanmi?’ deb janjal qilib ketdi. Men qochmoqchi bo‘ldim. Yetib olib, hech qanday sababsiz yuzimga musht tushirdi. Qo‘limdagi narsalar sochilib ketdi. U bo‘lsa, velosipedimning ’klyuch’ini olib, mening duch kelgan joyimga ura boshladi. Yiqilganimdan keyin hamma joyimga tepib ketdi. Yuzim va burnimdan juda ko‘p qon oqib, o‘zimni yo‘qota boshladim. Qo‘lida tayoq ham bor ekan, menga hamla qilib, «men seni shu yerda o‘ldirib, ko‘mib ketaman» dedi. ’Hozir akam ham keladi. Akam ikkalamiz seni o‘ldirib, ko‘mamiz’ dedi. Men o‘shanda nima uchun, nima gunoh qildim deb aytdim unga. U bo‘lsa, sening gunohing ko‘p, mening shaxsiy yerimga qo‘y boqqansan dedi», — deydi Jo‘ra Sultonov.

Ma’lum bo‘lishicha, og‘ir tan jarohati olgan sobiq rais shu kuni shifoxonaga yotqizilgan. Uning hayoti shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamdan keyin saqlab qolingan.

Ta’kidlanishicha, Jo‘ra Sultonovning kaltaklanganini eshitgan qizi Shamshoda Sultonova o‘sha hududdagi mahalla profilaktika inspektoriga murojaat qilib borgan. Shu yerda profilaktika inspektori bilan qiz o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Ichki ishlar xodimlari otasini topishga yordam bermayotganidan g‘azablangan qiz profilaktika inspektoriga baqirgan. Xona pardalarini yirtib tashlagan. Choynaklarni sindirgan. Bu holatni esa profilaktika inspektori videoga olgan. Qizning aytishicha, inspektor shu videolar orqali uni 15 sutkaga qamatish bilan ham tahdid qilmoqda.

«Ichki ishlar murojaatimizni e’tiborsiz qoldirdi. Dadamni biz chalajon ahvolda topdik. Agar ertaroq harakat qilmaganimizda dadam o‘sha dalada o‘lib qolgan bo‘lardi. Shifoxonaga yotqizilgandan keyin ham IIBga murojaat qilib, voqeani o‘rganinglar, ertaga sudga kerak bo‘ladi, deb juda ko‘p bora aytdim. Ammo e’tiborsiz qoldirishdi», — deydi Shamshoda Sultonova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, holat yuzasidan ma’muriy sud o‘tkazilgan. Ammo ota va qizga bu haqda rasman xabar qilinmagan. Qolaversa, sudda jinoyatchi emas, jabrlanuvchi Jo‘ra Sultonov jarimaga tortilgan.

Xabarga ko‘ra, nashr muxbiri murojaat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi raisi Alisher Qahhorovdan ma’lumot olishga harakat qilib ko‘rgan. Ammo sud raisi rasmiy xat bilan murojaat qilish kerakligini aytib, muxbirning savollarini javobsiz qoldirib, go‘shakni uzib qo‘ygan.

Qayd etilishicha, murojaatni o‘rganish davomida mahalla profilaktika inspektori, o‘zini Bilol deb tanishtirgan shaxs bilan uchrashishga, undan fuqaroning shikoyati yuzasidan izoh olishga harakat qilib ko‘rilgan. Ammo profilaktika inspektori fuqaro shikoyati yuzasidan izoh berish uchun tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki viloyat IIBning matbuot rahbari ko‘rsatmasi kerakligini aytib, qolgan savollarga aniq javob bermagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан