Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda sodir bo‘lgan janjalda o‘g‘lini himoya qilgan ota vafot etdi
24.12.2020 18:26,  
887

Joriy yilning 22 noyabr kuni soat 16:00 da Husniddin R. Koson tumani “Paxtazor” MFYda joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari bozorchasi yonida fuqaro 24 yoshli Mirolim B.ni ko‘rib qolib, o‘rtalarida bo‘lgan o‘zaro adovat sababli unga qasddan tan jarohati yetkazib, undan qasd olish maqsadida ushbu janjalga akalari 22 yoshli Ruxiddin R., Ozodbek R.lar va boshqalarni jalb qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Bundan xabar topgan Mirolim B. o‘zining yaqin qarindoshlarini yordamga chaqirgani uchun Mirolim B.ga biron-bir ziyon yetmasligi uchun hodisa joyiga yetib kelgan fuqaro uning otasi 57 yoshli Maxmud M., akasi 27 yoshli Mirjalol B. va pochchasi 35 yoshli Jamshid M.lar ushbu janjalni oldini olib, bartaraf qilmoqchi bo‘lganlar.

Husniddin R., Ruxiddin R., Ozodbek R. va boshqalar bir guruh bo‘lib, sovuq qurollarni ishlatib, yaqin qarindoshi bo‘lgan Mirolim B.ni himoya qilib, janjalni oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro Maxmud M., shuningdek uning o‘g‘illari Mirjalol B., Mirolim B. va Jamshid M.larning turli joylariga qasddan urib, turli darajada tan jarohatlar yetkazishgan.

Oqibatda Maxmud M., Mirjalol B., Mirolim B. va Jamshid M.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan Koson tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida 08.12.2020 yilda Husniddin R., Ozodbek R. va Ruxiddin R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «b,k,l» bandlari bilan ayblov e’lon qilinib, Husniddin R., Ozodbek R.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi, fuqaro Ruxiddin R.ga nisbatan esa “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, fuqaro Maxmud M. olgan tan jarohati tufayli joriy yilning 11 dekabr kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 2-qismi «b,k,l» bandlaridan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан