Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qashqadaryoda vahshiylarcha o‘ldirilib, yoqib yuborilgan chol-kampir voqeasi bo‘yicha 300 dan ortiq shaxs so‘roq qilingan» — Bosh prokuratura
16.11.2020 20:57,  
4653

Ta’kidlanishicha, viloyat prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan Mirishkor tumani Chandir qishlog‘ida yashovchi X.A., uning turmush o‘rtog‘i ayol O.O‘.ning qasddan o‘ldirib ketilganligi va shu xonadonda yashovchi kelini J.Sh. hamda uning voyaga yetmagan o‘g‘lini qasddan o‘ldirishga suiqasd qilinganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi (ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) va 25, 97-moddasi 2-qismi «v» bandi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Mavhum holatlarda sodir etilgan ushbu o‘ta og‘ir turdagi qotillik jinoyatini ‘issiq iz’larda fosh qilish yuzasidan viloyat IIB jinoyat-qidiruv va boshqa xizmat sohalari jalb qilinib, tergov harakatlarini muvofiqlashtirilgan holda olib borish yuzasidan qo‘shma reja tuzilgan holda bir qator tergov taxminlari ilgari surilmoqda», — deyiladi Bosh prokuratura bergan ma’lumotda.

Aytilishicha, tergov harakatlari davomida 24 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazilib, 300 dan ortiq shaxs so‘roq qilingan. Yuzlashtirish, tanib olish, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish tergov harakatlari o‘tkazilgan. Shuningdek, hodisa joyidan va tergov harakatlari davomida olingan daliliy ashyolarga nisbatan sudga oid tibbiyot, kriminalistika, biologiya, DNK, daktilaskopiya, trassologik, sud kimyo, yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlangan.

Bosh prokuratura sodir etilgan qotillik jinoyatini fosh qilish va ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini ma’lum qilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, natijalar haqida keng jamoatchilikka qo‘shimcha axborot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан