Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qashqadaryoda xotini bilan janjaldan so‘ng er o‘z uyini portlatdi
20.03.2021 09:33,  
1304

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchiliklar oqibatida o‘zi yashaydigan xonadonni portlatib yubordi, deb xabar berildi "Zamon" informatsion dasturida.

Reportajda aytilishicha, hodisa Qarshi tumanidagi "Shirkent" mahallasida sodir bo‘lgan. Bayram arafasida er-xotin o‘rtasida janjal chiqqan. Eri tomonidan kaltaklanib, haqoratlangan ayol mahalla inspektoriga qo‘ng‘iroq qilib, eri oila a’zolarining hammasini o‘ldirish bilan tahdid qilayotganini aytadi.

Voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib kelganida, erkak ularni ko‘rib yanada jazavaga tushib, uy ichiga kirib ketgan. O‘sha vaqtda u gaz balonni ochib qo‘ygan bo‘lgan.

Profilaktika inspektori erkakni tinchlantirish uchun puyga qaytib kirganida, erkak is gaziga to‘lib turgan xonada gugurt chaqqan va uyni portlatib yuborgan.

Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan.

"Jahlim chiqib turgan edi. O‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldimmi, bilmayman. Xotinim u dedi, men bu dedim. Qilgan ishimdan pushaymonman, azobini ko‘ryapman", — deydi syujet oxirida erkak.

Ayni vaqtda tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан